Bir qarz oluvchi yoki bir-biriga daxldor qarz oluvchilar guruhiga tavakkalchilikning eng koʻp miqdori toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida (557-7-son)
27.02.2009
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI BOShQARUVINING
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2009-yil 27-fevralda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 557-7]
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida” va “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi qonunlariga muvofiq, Markaziy bank Boshqaruvi qaror qiladi:
1. Bir qarz oluvchi yoki bir-biriga daxldor qarz oluvchilar guruhiga tavakkalchilikning eng koʻp miqdori toʻgʻrisidagi nizomga (1998-yil 2-dekabr, roʻyxat raqami 557) ilovaga* muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Markaziy bank raisi F. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2009-yil 23-fevral,
5/1-son
