Psixiatriya yordami toʻgʻrisida (123-II-son) · Sana: 31.08.2000 · Amalda
Psixiatriya yordami ruhiy holati buzilgan shaxslarning ruhiy sogʻligʻini ushbu Qonunda va boshqa qonunchilik hujjatlarida belgilangan asoslar boʻyicha va tartibda tekshiruvdan oʻtkazishni, ularni profilaktika qilishni, ularga tashxis qoʻyish, ularni davolash, parvarishlash va tibbiy-ijtimoiy jihatdan tiklashni oʻz ichiga oladi.
Ruhiy holati buzilgan shaxslarga psixiatriya yordami koʻrsatish davlat tomonidan kafolatlanadi va qonuniylik, rahm-shafqat, insonparvarlik hamda inson va fuqaro huquqlari va erkinliklariga rioya etish prinsiplari asosida amalga oshiriladi.
Matn manbasi
O'zbekiston Respublikasi qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi (lex.uz). lex.uz dagi asl nusxa: lex.uz/docs/-27082
Matn lex.uz dan avtomatik olingan va mazmunan u bilan bir xil: bu alohida tahrir emas, o'sha matnning o'zi. U ta'lim va ma'lumot maqsadida keltirilgan, normalar mazmuni o'zgartirilmaydi. Bu rasmiy nashr emas: sud, shartnoma va rasmiy javoblar uchun lex.uz dagi amaldagi tahrirni tekshiring. Loyiha haqida
Sayt haqida: NEOLEX (veoskill) — O'zbekiston Respublikasi huquqi bo'yicha ta'lim loyihasi. U lex.uz o'rnini bosmaydi, o'sha matnlarga har bir modda uchun alohida manzil, oddiy so'zlar bilan izohlar, atamalar lug'ati, testlar va uch tilda o'qishni qo'shadi. Aloqa: Telegram @neovixar.
Quyidagicha iqtibos keltiring: 4-modda. Psixiatriya yordami hamda uni koʻrsatish prinsiplari Psixiatriya yordami toʻgʻrisida (123-II-son). neolex.uz/uz/laws/law-14460/4 (lex.uz/docs/-27082)