Temir yoʻl transporti yoʻlovchilarining qoʻl yukini, bagajini, valyutasini va valyuta boyliklarini bojxona nazoratidan oʻtkazish va rasmiylashtirish tartibiga oʻzgartirish kiritish haqida (619-2-son)
25.02.2009
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT BOJXONA QOʻMITASI “OʻZBEKISTON TEMIR YOʻLLARI” DATK OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI BOShQARUVINING
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2009-yil 25-fevralda 619-2-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Oʻzbekiston Respublikasining “Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 29-30-son, 278-modda) Qonuniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” Davlat aksiyadorlik temir yoʻl kompaniyasi, Moliya vazirligi va Markaziy bank Boshqaruvi qaror qiladi:
1. Temir yoʻl transporti yoʻlovchilarining qoʻl yukini, bagajini, valyutasini va valyuta boyliklarini bojxona nazoratidan oʻtkazish va rasmiylashtirish tartibining (1999-yil 5-fevral, roʻyxat raqami 619 — Meʼyoriy hujjatlar axborotnomasi, 1999-yil, 3-son) birinchi bandi toʻqqizinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Chet el valyutasidagi qimmatli qogʻozlar — Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga yoki xorijiy davlatlarning qonun hujjatlariga muvofiq qimmatli qogʻozlar jumlasiga kiritilgan, qiymati chet el valyutasida ifodalangan pul hujjatlaridir”.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Davlat bojxona qoʻmitasi raisi S. NOSIROV
Toshkent sh.,
2009-yil 18-fevral,
01-02/12-3-son
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” Davlat aksiyadorlik temir yoʻl kompaniyasi raisi A. RAMATOV
Toshkent sh.,
2009-yil 18-fevral,
95-yur-son
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2009-yil 18-fevral,
25-son
Markaziy bank raisi F. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2009-yil 18-fevral,
120-V-2-son
