“Andijon viloyatidagi “Roish-Xokent-1” nasos stansiyasini rekonstruksiya qilish” investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida (PQ-958-son)
12.09.2008
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Andijon viloyatining yerlarini sugʻorish suvi bilan barqaror taʼminlash va Xitoy Xalq Respublikasi (XXR) Hukumatining eksport kreditlaridan foydalangan holda moliyalashtiriladigan investitsiya loyihalarini oʻz vaqtida amalga oshirish maqsadida:
1. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi bilan “China National Electric Equipment Corporation” (XXR) korporatsiyasi oʻrtasida “Andijon viloyatidagi “Roish- Xokent-1” nasos stansiyasini rekonstruksiya qilish” investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida texnologik uskunalar, ehtiyot qismlar olib kelish, shef-montaj hamda sozlash ishlarini amalga oshirish boʻyicha jami 2,47 mln. AQSh dollariga teng miqdorda shartnoma tuzilgan.
2. Belgilansinki, loyihani moliyalashtirish:
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining besh yil imtiyozli davrni hisobga olgan holda, muddati 15 yil boʻlgan, qayta moliyalashtiruvchi bankning 0,2 foizli marjasini qoʻshganda yillik 3,2 foizli stavka bilan XXR Eksimbanki kredit mablagʻlarini qayta moliyalashtirish yoʻli bilan 2,1 mln. AQSh dollari miqdoridagi krediti hisobidan;
Oʻzbekiston Respublikasi davlat budjetining 370,2 ming. AQSh dollari miqdoridagi mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
3. Belgilab qoʻyilsinki:
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi kredit mablagʻlaridan maqsadli foydalanish hamda loyihaning samarali amalga oshirilishi uchun javobgar boʻlgan buyurtmachi va ijro etuvchi agentlik, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining kreditlari boʻyicha qarz oluvchi hisoblanadi;
“Oʻzsuvloyiha” OAJ “Andijon viloyatidagi “Roish-Xokent-1” nasos stansiyasini rekonstruksiya qilish” loyihasi boʻyicha bosh loyihalovchi hisoblanadi;
asosiy qarzni uzish, foizlar, komissiyalar va kreditga xizmat koʻrsatish hamda moliyalashtirishni tashkil etish bilan bogʻliq xarajatlarni toʻlash davlat budjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
4. Quyidagilar:
“Andijon viloyatidagi “Roish-Xokent-1” nasos stansiyasini rekonstruksiya qilish” loyihasining TIAsi asosiy texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlari va 2010-yilning 10-oktabrida yakunlash muddati bilan 1-ilovaga muvofiq;
loyihani bajarishga investitsiyalar kiritish jadvali 2-ilovaga muvofiq
XXR Eksimbanki qarz mablagʻlarini toʻlash, loyiha boʻyicha foizlar va komissiyalarni toʻlash jadvali 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
5. Mazkur loyihani moliyalashtirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki:
XXR Eksimbanki bilan yakka tartibdagi qarz bitimini;
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi bilan XXR Eksimbanki qarz mablagʻlarini qayta moliyalashtirish boʻyicha kredit shartnomasini tuzsin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziri Oʻzbekiston Respublikasi nomidan belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining XXR Eksimbanki oldidagi toʻlov majburiyatlari boʻyicha tasdiqlovchi hujjat, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankiga — Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi majburiyatlari boʻyicha kafolat berishga vakil etib tayinlansin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qarz bitimida nazarda tutilgan shaklda Oʻzbekiston Respublikasining tasdiqlovchi hujjati va kafolati boʻyicha belgilangan tartibda yuridik xulosa bersin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining talabnomalariga koʻra, loyihani amalga oshirishda ishtirok etayotgan, tuzilgan kontraktga muvofiq shef-montaj ishlari va texnologik uskunalarni sozlashni, shuningdek nasos stansiyasiga xizmat koʻrsatuvchi xodimlarga taʼlim berilishini taʼminlovchi xorijiy mutaxassislarning kirish vizalari, shu jumladan koʻp martalik vizalari konsullik yigʻimi undirib olinmasdan belgilangan tartibda rasmiylashtirilishini taʼminlasin.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining talabnomalariga koʻra, loyihani amalga oshirishda ishtirok etayotgan xorijiy mutaxassislarga koʻp martalik vizalar berish va ularning muddatini uzaytirish, shuningdek vaqtincha roʻyxatda turish va uning muddatini uzaytirishni taʼminlasin hamda ular davlat boji toʻlashdan ozod qilinsin.
10. Mazkur Qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2008-yil 12-sentabr,
PQ-958-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 12-sentabrdagi PQ-958-son qaroriga 1-ILOVA
“Andijon viloyatidagi “Roish-Xokent-1” nasos stansiyasini rekonstruksiya qilish” loyihasining
ASOSIY TEXNIK-IQTISODIY KOʻRSATKICHLARI
T/r Koʻrsatkich nomi Oʻlchov birligi Hammasi Shu jumladan: budjet mablagʻlari XXR krediti 1. Loyihaning umumiy qiymati,* shu jumladan: ming AQSh dollari 3847,88 1750,08 2097,80 1.1 investitsiya davridan keyin kreditning foiz toʻlovlari ming AQSh dollari 519,21 519,21 1.2 investitsiya davridan keyin bank marjasi ming AQSh dollari 34,62 34,62 1.3 Kapital qoʻyilmalar miqdori, jami ming AQSh dollari 3294,05 1196,25 2097,80 1.3.1 Erkin konvertatsiya qilinadigan valyutadagi xarajatlar, jami ming AQSh dollari 2539,02 441,22 2097,80 shundan: nasos uskunasi (yetkazib berish, yuklashdan oldin nazorat, tashish, sugʻurta) ming AQSh dollari 2125,10 318,80 1806,30 ehtiyot qismlar ming AQSh dollari 214,10 32,10 182,00 shef-montaj, shef-sozlash va xizmat koʻrsatuvchi xodimlarni oʻqitish ming AQSh dollari 128,80 19,30 109,50 moliyaviy xarajatlar: qurilish davrida kreditning foiz toʻlovlari ming AQSh dollari 57,20 57,20 qurilish davrida bank marjasi ming AQSh dollari 3,81 3,81 majburiyat uchun komissiya ming AQSh dollari 3,72 3,72 boshqaruv uchun komissiya ming AQSh dollari 6,29 6,29 1.3.2 Milliy valyutadagi xarajatlar (ekvivalenti), jami ming AQSh dollari 755,03 755,03 shundan: qurilish-montaj ishlari ming AQSh dollari 568,88 568,88 nasos uskunasining ichki tashuvi ming AQSh dollari 4,93 4,93 buyurtmachining boshqa xarajatlari ming AQSh dollari 58,19 58,19 qoʻshilgan qiymat soligʻi ming AQSh dollari 113,78 113,78 bojxona deklaratsiyasi va bojxona rasmiylashtiruvi ming AQSh dollari 9,25 9,25 2. Tashkil etiladigan asosiy fondlar qiymati ming AQSh dollari 3008,93 3. Korxona quvvati (sugʻorish maydoni) gektar 1865 4. Band boʻladigan xodimlarning taxminiy soni kishi 15 5. Loyihani qoplashning hisob-kitob qilingan muddati yil 9,5 6. Investitsiya davri davomiyligi oy 24 7. Kreditni qaytarish muddati yil 15 shu jumladan, imtiyozli davr yil 5
* Yakuniy xarajatlar koʻrsatkichlari oʻtkazilgan tender (tanlov) savdolari va qurilish ishlarini batafsil loyihalash natijalari boʻyicha aniqlanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 12-sentabrdagi PQ-958-son qaroriga 2-ILOVA
“Andijon viloyatidagi “Roish-Xokent-1” nasos stansiyasini rekonstruksiya qilish” loyihasini amalga oshirish uchun investitsiyalar kiritish
JADVALI
ming AQSh dollari Kapital xarajatlar 2008-yil 2009-yil 2010-yil 2008 — 2010-yillar davrida jami Jami xarajatlar shu jumladan quyidagi mablagʻlar hisobiga: Jami xarajatlar shu jumladan quyidagi mablagʻlar hisobiga: Jami xarajatlar shu jumladan quyidagi mablagʻlar hisobiga: Jami xarajatlar shu jumladan quyidagi mablagʻlar hisobiga: kredit budjet kredit budjet kredit budjet kredit budjet Uskunalar xarid qilish (uskunalarni yetkazib berish, ehtiyot qismlar, yuklashdan oldingi nazorat, tashish, sugʻurta, shef-montaj va sozlash hamda xizmat koʻrsatish xodimlarini oʻqitish) 814,7 444,5 370,2 1653,3 1653,3 - - - - 2468 2097,8 370,2 Mahalliy xarajatlar, shu jumladan Qurilish-montaj ishlari 170,7 - 170,7 284,4 - 284,4 113,78 - 113,78 568,88 - 568,88 Nasos uskunasi boʻyicha ichki tashish 0,9 - 0,9 4,03 - 4,03 - - - 4,93 - 4,93 Buyurtmachining boshqa xarajatlari 30,34 - 30,34 25,52 - 25,52 2,33 2,33 58,19 - 58,19 Jami 1016,64 444,5 572,14 1967,25 1653,3 313,95 116,1 - 116,11 3100 2097,8 1002,2 Qoʻshilgan qiymat soligʻi 34,14 - 34,14 56,88 - 56,88 22,76 - 22,76 113,78 - 113,78 Hammasi 1050,78 444,5 606,28 2024,13 1653,3 370,83 138,87 - 138,87 3213,78 2097,80 1115,98 Bojxona rasmiylashtiruvi 1,67 - 1,67 7,58 - 7,58 - - - 9,25 - 9,25 Investitsiya davrida kredit foizlari toʻlash - - - 25,7 - 25,7 31,5 - 31,5 57,2 - 57,2 Investitsiya davrida bank marjasi - - - 1,71 - 1,71 2,1 - 2,1 3,81 - 3,81 Majburiyat komissiyasi - - - 3,72 - 3,72 - - 3,72 - 3,72 Boshqaruv komissiyasi 6,29 - 6,29 - - - - - - 6,29 - 6,29 Jami 7,96 - 7,96 38,71 - 38,71 33,6 - - 80,27 - 80,27 Umumiy xarajatlar 1058 444,50 614,24 2062,84 1653,30 409,54 172,47 - 138,87 3294,05 2097,8 1196,25
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 12-sentabrdagi PQ-958-son qaroriga 3-ILOVA
XXR Eksimbanki qarz mablagʻlarini soʻndirish, “Andijon viloyatidagi “Roish-Xokent-1” nasos stansiyasini rekonstruksiya qilish” loyihasi boʻyicha foizlar va komissiyalarni toʻlash
JADVALI
1. Kredit summasi 2097,8 ming AQSh dollari 2. Kreditdan foydalanish muddati 15 yil shu jumladan imtiyozli davr 5 yil 3. Foiz stavkasi (OʻMBning 2 foizlik marjasini hisobga olgan holda) yillik 3,2 foiz 4. Majburiyat komissiyasi kreditning oʻzlashtirilmagan summasidan yillik 0,3 foiz 5. Boshqaruv komissiyasi 0,3 foiz kredit summasi AQSh dollari Yillar Yarim yillik Qarzdorlik Asosiy qarzni soʻndirish* Foiz toʻlovi** Bank marjasi Majburiyat boʻyicha komissiya Boshqarish boʻyicha komissiya Jami toʻlanadigan summa 2008*** II 444500 6293 6293 2009 I 1271150 6668 445 2480 9593 II 2097800 19067 1271 1240 21578 2010 I 2097800 31467 2098 33565 II 2097800 31467 2098 33565 2011 I 2097800 31467 2098 33565 II 2097800 31467 2098 33565 2012 I 2097800 31467 2098 33565 II 2097800 31467 2098 33565 2013 I 2097800 31467 2098 33565 II 1992910 104890 31467 2098 138455 2014 I 1888020 104890 29894 1993 136777 II 1783130 104890 28320 1888 135098 2015 I 1678240 104890 26747 1783 133420 II 1573350 104890 25174 1678 131742 2016 I 1468460 104890 23600 1573 130063 II 1363570 104890 22027 1468 128385 2017 I 1258680 104890 20454 1364 126708 II 1153790 104890 18880 1259 125029 2018 I 1048900 104890 17307 1154 123351 II 944010 104890 15734 1041 121673 2019 I 839120 104890 14160 94 119994 II 734230 104890 12587 859 118316 2020 I 629340 104890 11013 34 116637 II 524450 104890 9440 629 114959 2021 I 419560 104890 7867 724 113281 II 314670 104890 6293 430 111603 2022 I 209780 104890 4720 313 109925 II 104890 104890 3147 210 108247 2023 I 0 104890 1573 105 106568 Jami 2097800 576408 38429 3720 6293 2722650
* Asosiy qarzni birinchi uzish sanasi kredit shartnomasi kuchga kirgan sanaga bogʻliq.
** Komissiya va foizlar kredit shartnomasining haqiqiy summasi hamda yetkazish (tanlash) va kuchga kirish sanasiga bogʻliq.
*** Kreditni ajratish davri prognoz hisoblanib, kredit shartnomasining kuchga kirish sanasiga bogʻliq.
