Korxona, tashkilot, muassasa, jamoa xoʻjaligi, oʻquv yurtining ijtimoiy sugʻurta boʻyicha komissiyasi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida (431-1-son)
17.02.2009
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MEHNAT VA AHOLINI IJTIMOIY MUHOFAZA QILISh VAZIRINING
buyrugʻi
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2009-yil 17-fevralda 431-1-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Oʻzbekiston Respublikasining “Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklaridan majburiy davlat ijtimoiy sugʻurtasi toʻgʻrisida”gi Qonuniga va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 6-apreldagi PQ-616-sonli “Aholi bandligini oshirish hamda mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organlari faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-yil., 15-son, 156-modda) asosan buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Ijtimoiy taʼminot vazirligi tomonidan tasdiqlangan “Korxona, tashkilot, muassasa, jamoa xoʻjaligi, oʻquv yurtining ijtimoiy sugʻurta boʻyicha komissiyasi toʻgʻrisida”gi nizomga (1998-yil 9-aprel, roʻyxat raqami 431) ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatiga olingan kundan boshlab oʻn kun oʻtgach kuchga kiradi.
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazir v.b. A. XAITOV
Toshkent sh.,
2009-yil 28-yanvar,
4/B-son
Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2009-yil 28-yanvardagi 4/B-sonli buyrugʻiga ILOVA
Korxona, tashkilot, muassasa, jamoa xoʻjaligi, oʻquv yurtining ijtimoiy sugʻurta boʻyicha komissiyasi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Nizomning nomlanishidagi va 1.1- banddagi “jamoa xoʻjaligi” degan soʻzlar “fermer xoʻjaligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. 1.4-banddagi “pensiya jamgʻarmasi” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi (bundan buyon matnda Pensiya jamgʻarmasi)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
3. II-boʻlimning birinchi xatboshisida “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Ijtimoiy taʼminot vazirligi huzurida pensiya jamgʻarmasini tashkil qilish toʻgʻrisida”gi 1996-yil 27-dekabrdagi 459-sonli qaroriga,” degan soʻzlari chiqarib tashlansin.
4. 2.2-band “hamda ishlab chiqarishdagi sugʻurta hodisalarini belgilangan tartibda tekshirilishida ishtirok etadi” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
5. 2.3-bandda “Pensiya jamgʻarmasi” degan soʻzlaridan keyin “tuman (shahar) boʻlimi” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
6. 2.4-bandda “Maʼmuriyat” degan soʻzi “Ish beruvchi” degan soʻzlari bilan almashtirilsin.
7. 2.6-banddagi “12 (“b”—“j”-bandlari) va 15-moddasiga” degan soʻzlari “12-moddasi “b”—“j” bandlari va 15-moddasi “a” bandiga” degan soʻzlari bilan almashtirilsin.
8. 3.2-bandda “tuman (shahar) boʻlimi” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
9. Mazkur Nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Markaziy banki bilan kelishilgan.
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2009-yil 20-yanvar
Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi raisi D. JAHONGIROVA
Toshkent sh.,
2009-yil 20-yanvar
Sogʻliqni saqlash vaziri F. NAZIROV
Toshkent sh.,
2009-yil 20-yanvar
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2009-yil 20-yanvar
Markaziy bank raisi F. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2009-yil 20-yanvar
