Vinochilik, spirt, aroq va likyor-aroq sohasi xodimlari uchun maxsus kiyim, maxsus poyabzal va boshqa yakka tartibda himoyalanish vositalarini bepul berishning namunaviy meʼyorlarini tasdiqlash haqida (1903-son)
14.02.2009
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MEHNAT VA AHOLINI IJTIMOIY MUHOFAZA QILISH VAZIRINING
buyrugʻi
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2009-yil 14-fevralda 1903-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 12-iyuldagi 267-son qarori bilan tasdiqlangan “Mehnatni muhofaza qilishga doir qoida va normalarni qayta koʻrib chiqish, ishlab chiqish va joriy etish dasturi” ijrosini taʼminlash maqsadida buyuraman:
1. Vinochilik, spirt, aroq va likyor-aroq sohasi xodimlari uchun maxsus kiyim, maxsus poyabzal va boshqa yakka tartibda himoyalanish vositalarini bepul berishning namunaviy meʼyorlari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgach kuchga kiritiladi.
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri v.b. A. XAITOV
Toshkent sh.,
2009-yil 19-yanvar,
1/B-son
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2009-yil 19-yanvardagi 1/B-sonli buyrugʻiga ILOVA
Vinochilik, spirt, aroq va likyor-aroq sohasi xodimlari uchun maxsus kiyim, maxsus poyabzal va boshqa yakka tartibda himoyalanish vositalarini bepul berishning
NAMUNAVIY MEʼYORLARI
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 8-son, 82-modda)
