Oʻzbekiston Respublikasi valyuta bozorida operatsiyalarni amalga oshirish tartibiga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (467-3-son)
12.02.2009
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI BOShQARUVINING
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2009-yil 12-fevralda 467-3-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida” (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, 12-son, 247-modda) va “Valyutani tartibga solish toʻgʻrisida”gi (yangi tahrirda) (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2004-yil, 1-2-son, 6-modda) qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Birjadan tashqari valyuta bozori faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 2001-yil 10-iyuldagi 294-sonli qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami, 2001-yil, 7-son, 38-modda) muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi tomonidan 1998-yil 28-martda 40-son bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi valyuta bozorida operatsiyalarni amalga oshirish Tartibi”ga (1998-yil 3-avgust, roʻyxat raqami 467) ilovaga* muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Markaziy bank raisi F. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2009-yil 18-yanvar,
40-3-son
