Xususiylashtirish investitsiya fondlarining sof aktivlarini baholash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida (703-2-son)
02.02.2009
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT MULKINI BOShQARISh DAVLAT QOʻMITASI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGINING
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2009-yil 2-fevralda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 703-2]
Oʻzbekiston Respublikasi “Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida”gi Qonunining 63-moddasiga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-yil, 29-30-son, 278-modda) muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi qaror qiladilar:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi tomonidan 1998-yil 15-dekabrda 15-son, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 1998-yil 31-dekabrda 30-07-12/333-son bilan tasdiqlangan “Xususiylashtirish investitsiya fondlarining sof aktivlarini baholash tartibi toʻgʻrisida”gi nizomga (1999-yil 14-aprel, roʻyxat raqami 703) ilovaga* muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Davlat mulki qoʻmitasi raisi D. MUSAYEV
Toshkent sh.,
2009-yil 5-yanvar,
01/23-18/17-son
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2009-yil 5-yanvar,
1-son
