“Davlat boji toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga kiritish toʻgʻrisida (740a-XII-son)
09.12.1992
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi qaror qiladi:
1. “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni 1993-yil 1-yanvardan eʼtiboran amalga kiritilsin.
2. Belgilab qoʻyilsinki, Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Qonunga muvofiq holga keltirilgunga qadar amaldagi meʼyoriy hujjatlarning ushbu Qonunga zid boʻlmagan qismlari qoʻllanilaveradi.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ikki oylik muddat ichida:
davlat boji stavkalarini belgilasin;
Hukumatning, vazirliklar va idoralarning meʼyoriy hujjatlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
ushbu Qonunning qoʻllanilishini taʼminlovchi boshqa zarur meʼyoriy hujjatlar qabul qilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Raisi Sh. YOʻLDOShEV
Toshkent sh.,
1992-yil 9-dekabr,
740a-XII-son
