Bank kassalaridagi naqd pul qoldiqlariga limitlar belgilash va ularga rioya etilishini nazorat qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida (1598-2-son)
28.01.2009
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI BOShQARUVINING
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2009-yil 28-yanvarda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1598-2]
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq Markaziy bank Boshqaruvi qaror qiladi:
1. Bank kassalaridagi naqd pul qoldiqlariga limitlar belgilash va ularga rioya etilishini nazorat qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga (2006-yil 21-iyul, roʻyxat raqami 1598 — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-yil, 28-29-son, 287-modda) ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatiga olingan kundan oʻn kun oʻtgach kuchga kiradi.
Markaziy bank raisi F. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2009-yil 18-yanvar,
1/2-son
Markaziy bank Boshqaruvining 2009-yil 18-yanvardagi 1/2-sonli qaroriga ILOVA
Bank kassalaridagi naqd pul qoldiqlariga limitlar belgilash va ularga rioya etilishini nazorat qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 1-bandning ikkinchi xatboshisidagi “meʼyordir” soʻzi “meʼyor” soʻzi bilan almashtirilsin.
2. 8-banddagi “birinchi boshqarma orqali” soʻzlari “Xizmat doirasida foydalanish uchun” ustxati qoʻyilgan holda va ushbu hujjatlar bilan ishlash qoidalariga rioya qilgan holda” soʻzlari bilan almashtirilsin.
