Oʻzbekiston Respublikasining Gretsiya Respublikasi bilan yaqin istiqboldagi hamkorlikni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida (24-son)
28.01.2009
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi delegatsiyasining 2008-yil 17-dekabrdagi tashrifi davomida Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi hamda Gretsiya Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi oʻrtasida erishilgan ahdlashuvlarning oʻz vaqtida amalga oshirilishini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi bilan Gretsiya Respublikasi oʻrtasida yaqin istiqboldagi hamkorlikni yanada rivojlantirish Tadbirlari rejasi (keyingi oʻrinlarda Tadbirlar rejasi deb ataladi) ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Vazirliklar va idoralarning Tadbirlar rejasini bajarish boʻyicha faoliyatini muvofiqlashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga yuklansin.
3. Vazirliklar va idoralar rahbarlari Tadbirlar rejasida nazarda tutilgan bandlarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlasinlar, ularning amalga oshirilishi toʻgʻrisida har chorakda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga axborot taqdim etsinlar.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari N.M. Xanov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2009-yil 28-yanvar,
24-son
Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 28-yanvardagi 24-son qaroriga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi bilan Gretsiya Respublikasi oʻrtasida yaqin istiqboldagi hamkorlikni yanada rivojlantirish
TADBIRLARI REJASI
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 5-son, 43-modda)
