Soliq toʻlovchilarga nol darajali stavkani qoʻllash natijasida hosil boʻlgan qoʻshilgan qiymat soligʻining ortiqcha summasini qaytarish toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida (1807-1-son)
15.01.2009
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QOʻMITASINING
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2009-yil 15-yanvarda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1807-1]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 28-noyabrdagi “Iqtisodiyotning real sektori korxonalarini qoʻllab-quvvatlash, ularning barqaror ishlashini taʼminlash va eksport salohiyatini oshirish chora-tadbirlari Dasturi toʻgʻrisida”gi PF-4058-sonli Farmoniga muvofiq qaror qilamiz:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2008-yil 30-apreldagi 44-son va 2008-23-son qarori bilan tasdiqlangan “Soliq toʻlovchilarga nol darajali stavkani qoʻllash natijasida hosil boʻlgan qoʻshilgan qiymat soligʻining ortiqcha summasini qaytarish toʻgʻrisida”gi nizomga (2008-yil 16-may, roʻyxat raqami 1807 — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 20-21-son, 180-modda) ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan vaqtdan boshlab oʻn kundan keyin kuchga kiradi.
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2009-yil 8-yanvar,
3-son
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2009-yil 8-yanvar,
2009-1-son
Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2009-yil 8-yanvardagi 3, 2009-1-sonli qaroriga ILOVA
Soliq toʻlovchilarga nol darajali stavkani qoʻllash natijasida hosil boʻlgan qoʻshilgan qiymat soligʻining ortiqcha summasini qaytarish toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. 2-bandning toʻrtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 228-moddasiga muvofiq, soliq toʻlovchilarning bankdagi hisob raqamlariga pul mablagʻlarini oʻtkazib berish.”.
2. 4-bandning ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin.
3. 5-banddagi “oʻttiz” soʻzi “yigirma” soʻzi bilan almashtirilsin.
4. 9-banddagi “besh” soʻzi “toʻrt” soʻzi bilan almashtirilsin.
5. 10-bandning birinchi xatboshidagi “5 ish kunidan” soʻzlari “4 ish kunidan” soʻzlari bilan almashtirilsin.
6. 11-bandning birinchi xatboshidagi “5 ish kunidan” soʻzlari “4 ish kunidan” soʻzlari bilan almashtirilsin.
7. 12-bandning birinchi xatboshidagi “5 ish kuni” soʻzlari “4 ish kuni” soʻzlari bilan almashtirilsin.
8. 13-bandda:
birinchi xatboshidagi “10 ish kunidan” soʻzlari “8 ish kunidan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
ikkinchi va toʻrtinchi xatboshilaridagi “5 ish kuni” soʻzlari “4 ish kuni” soʻzlari bilan almashtirilsin.
9. 6-son ilova mazkur oʻzgartirish va qoʻshimchalarning ilovasiga muvofiq tahrirda bayon qilinsin.
Soliq toʻlovchilarga nol darajali stavkani qoʻllash natijasida hosil boʻlgan qoʻshilgan qiymat soligʻining ortiqcha summasini qaytarish toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarga ILOVA
Soliq toʻlovchilarga nol darajali stavkani qoʻllash natijasida hosil boʻlgan qoʻshilgan qiymat soligʻining ortiqcha summasini qaytarish toʻgʻrisidagi nizomga 6-ILOVA
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 3-son, 16-modda)
