892-modda. Ichki xavfsizlik inspeksiyasi
Ijro ishi yuritish takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-199-son) · Sana: 14.01.2009 · Amalda
Sud departamenti tizimida Ichki xavfsizlik inspeksiyasi tashkil etiladi, u Sud departamenti organlari xodimlari tomonidan gʻayriqonuniy harakatlar sodir etilishining oldini olish boʻyicha ish olib boradi, xizmat tekshiruvlarini oʻtkazadi, Sud departamenti organlarini halol va kasbiy tayyorgarlikka ega boʻlgan kadrlar bilan toʻldirish uchun nomzodlarni oʻrganadi, Sud departamenti organlari xodimlarini ularning faoliyatiga noqonuniy aralashuvlardan, xodimlarning va ular oila aʼzolarining shaxsiy hayoti, sogʻligʻi va mol-mulkini tajovuzlardan himoya qilish choralarini koʻradi.
Ichki xavfsizlik inspeksiyasi oʻz faoliyatini qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiradi”;
63) 90-modda:
birinchi qismidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy taʼminlash departamenti tomonidan respublika budjeti mablagʻlari” degan soʻzlar “Sud departamenti tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Sud departamenti organlari maxsus avtotransport vositalari, shu jumladan Sud departamentiga mansubligini anglatuvchi maxsus chiroqli signallarga, boʻyoqlarning rangli grafik sxemalariga ega boʻlgan avtotransport vositalari, shuningdek boshqa maxsus vositalar bilan taʼminlanadi”;
ikkinchi qismi uchinchi qism deb hisoblansin;
uchinchi qismidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy taʼminlash departamentida” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
11-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2009-yil 14-yanvar,
OʻRQ-199-son
