“771-modda. Ijro yigʻimi
Ijro ishi yuritish takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-199-son) · Sana: 14.01.2009 · Amalda
Sud ijrochisi tomonidan ijro hujjatlarini majburiy ijro etish boʻyicha harakatlar amalga oshirilganligi uchun qarzdordan ijro yigʻimi undiriladi.
Sud ijrochisining ijro yigʻimini undirish toʻgʻrisidagi qarori mazkur qaror qaysi ijro ishi yuritish yuzasidan chiqarilgan boʻlsa, oʻsha ijro ishiga qoʻshib qoʻyiladi va alohida ijro ishi yuritishni qoʻzgʻatmasdan ijro etiladi.
Ijro yigʻimining miqdori va undirilish tartibi qonun hujjatlarida belgilanadi”;
53) 78-modda birinchi qismining ikkinchi jumlasi “qanoatlantirish” degan soʻzdan keyin “va qarzdordan undirilgan pul summasiga mutanosib ravishda ijro yigʻimini qoplash” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
54) 80-modda quyidagi mazmundagi yettinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Qarzdorga bir necha talablar (ijro hujjatlari) boʻyicha solingan ijro yigʻimlari ushbu moddaning birinchi — oltinchi qismlarida belgilangan tegishli talabni qanoatlantirish uchun moʻljallangan ketma-ketlikka muvofiq undiriladi. Bunda qarzdorga nomulkiy xususiyatdagi ijro hujjatlari boʻyicha solingan ijro yigʻimlari, shuningdek qonunda belgilangan muddatda realizatsiya qilinmagan mol-mulk mulkiy xususiyatdagi ijro hujjatlari boʻyicha undiruvchiga oʻtkazilgan hollarda birinchi navbatdagi talablarga tenglashtiriladi”;
55) 81-moddadagi “sud” degan soʻz “xoʻjalik sudi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
56) 82-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
