“2453-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy taʼminlash departamenti organlari
Ijro ishi yuritish takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-199-son) · Sana: 14.01.2009 · Amalda
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy taʼminlash departamenti organlariga ushbu Kodeksning 1981 va 1982-moddalarida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishlar taalluqlidir.
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy taʼminlash departamenti nomidan maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqish hamda maʼmuriy jazo qoʻllashga Departament organlarining sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlari majburiy ijrosini amalga oshirish vakolatiga ega boʻlgan mansabdor shaxslari haqlidir”;
3) 332-moddaning uchinchi qismidagi “Oʻzbekiston Respublikasi jamgʻarma banki” degan soʻzlar “tegishli bank” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
4) 333-moddaning:
birinchi qismidagi “fuqarolik-protsessual qonun hujjatlarida belgilab qoʻyilgan qoidalarga muvofiq” degan soʻzlar “sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida belgilab qoʻyilgan qoidalarga muvofiq” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismidagi “tuman (shahar) sudining” va “shaxsiy” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
5) 336-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Haqini toʻlash sharti bilan olib qoʻyish toʻgʻrisidagi qaror asosida olib qoʻyilgan narsalar belgilangan tartibda shartnoma-vositachilik asosida yoxud auksion shaklidagi kimoshdi savdosida realizatsiya qilinadi”;
6) 337-moddadagi “departamenti sud ijrochilari hududiy boʻlimlari tuman (shahar) boʻlinmalarining sud ijrochisi” degan soʻzlar “departamenti organlari sud ijrochilari tomonidan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
7) 339-moddaning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Maʼmuriy huquqbuzarlikni sodir etish quroli hisoblangan narsani yoki bevosita maʼmuriy huquqbuzarlik narsasini musodara qilish toʻgʻrisidagi qaror ijro etilganidan soʻng sud ijrochisi ijro ishi yuritishni tamomlash toʻgʻrisida qaror chiqaradi va uning bir nusxasi quyidagilarga yuboriladi”;
