Oʻzbekiston Respublikasida narkotik vositalar, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalada boʻlishi bilan bogʻliq faoliyat boʻyicha hisobotlar yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida (6-son)
08.01.2009
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
“Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasida narkotik vositalar, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalada boʻlishi bilan bogʻliq faoliyat boʻyicha hisobotlar yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Manfaatdor vazirliklar va idoralar bir oy muddatda oʻz idoraviy normativ hujjatlarini ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Qosimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2009-yil 8-yanvar,
6-son
Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 8-yanvardagi 6-son qaroriga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasida narkotik vositalar, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalada boʻlishi bilan bogʻliq faoliyat boʻyicha hisobotlar yuritish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom “Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 31-moddasiga muvofiq narkotik vositalar, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalada boʻlishi bilan bogʻliq faoliyatni amalga oshirishga litsenziyasi mavjud boʻlgan yuridik shaxslar tomonidan narkotik vositalar, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalada boʻlishi bilan bogʻliq faoliyat boʻyicha hisobotlar yuritish tartibini belgilaydi.
Ushbu Nizom tarkibida narkotik moddalar boʻlgan oʻsimliklarni yetishtirishga tatbiq etilmaydi.
2. Narkotik vositalar, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalada boʻlishi bilan bogʻliq faoliyatni amalga oshirishga litsenziyasi mavjud boʻlgan yuridik shaxslar choraklik va yillik hisobotlar taqdim etadilar.
Narkotik vositalar, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalada boʻlishi bilan bogʻliq faoliyatni amalga oshirishga litsenziyasi mavjud boʻlgan yuridik shaxslar oʻz faoliyati toʻgʻrisida (ishlab chiqarilgan, tayyorlangan, olib kelingan (olib ketilgan), sotilgan, foydalanilgan narkotik vositalar, psixotrop moddalar va prekursorlar miqdori toʻgʻrisida) ushbu Nizomga 1 — 4-ilovalarga muvofiq shakllar boʻyicha choraklik hisobotni hisobot davrdan keyingi oyning 25-kunidan kechikmasdan, yillik hisobotni hisobot yilidan keyingi yilning 25-yanvarigacha boʻlgan muddatda taqdim etadilar.
Hisobotlar Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi Dori vositalari va tibbiy texnikalar sifatini nazorat qilish bosh boshqarmasining Narkotik vositalarni nazorat qilish qoʻmitasiga bevosita yoki pochta aloqa vositasi orqali buyurtma xat bilan taqdim etiladi. Ushbu holatda pochta shtempelida qoʻyilgan sana hisobotni taqdim etish sanasi hisoblanadi.
Yuridik shaxslar choraklik va yillik hisobotlari nusxalarini oʻzining yuqori tashkilotiga taqdim qilishlari lozim.
II. Yuridik shaxslar tomonidan hisobotlarni taqdim etish tartibi
3. Narkotik vositalar, psixotrop moddalar va prekursorlar sotish (berish)ga litsenziyasi mavjud boʻlgan yuridik shaxslar ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha sotilgan (berilgan) har bir narkotik vosita, psixotrop modda va prekursor miqdori va ularning hisobot davri oxiridagi holatiga koʻra qoldigʻi toʻgʻrisida choraklik va yillik hisobotlar taqdim etadilar.
4. Narkotik vositalar va psixotrop moddalar ishlab chiqaruvchilar, tayyorlovchilar hisoblangan hamda ularni sotishga litsenziyasi boʻlgan yuridik shaxslar, shuningdek narkotik vositalar va psixotrop moddalardan foydalangan holda kombinatsiyalangan dori preparatlarini ishlab chiqarish, tayyorlash va sotish uchun litsenziyaga ega boʻlgan yuridik shaxslar ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha choraklik va yillik hisobotlar taqdim etadilar.
6. Narkotik vositalar va psixotrop moddalardan tibbiyotda va veterinariyada foydalanishga litsenziyasi mavjud boʻlgan yuridik shaxslar, shuningdek ilmiy va oʻquv maqsadlarida narkotik vositalar va psixotrop moddalardan foydalanish uchun litsenziyaga ega boʻlgan yuridik shaxslar ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha choraklik va yillik hisobotlar taqdim etadilar.
8. Prekursorlar ishlab chiqarishga, shuningdek ulardan ishlab chiqarish ehtiyoji uchun foydalanishga litsenziyasi mavjud boʻlgan yuridik shaxslar ushbu Nizomga 6-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha prekursorlarning muomalada boʻlishi boʻyicha choraklik va yillik hisobotlar taqdim etadilar.
9. Yuridik shaxslar ular qayta tashkil etilgan yoki tugatilgan taqdirda oxirgi hisobotlar taqdim qilingan vaqtdan boshlab va qayta tashkil etilgan yoki tugatilgan vaqtgacha boʻlgan davr uchun hisobotlarni, shu jumladan qayta tashkil etilgan va tugatilgan kundagi holatiga koʻra narkotik vositalar, psixotrop moddalar va prekursorlarning zaxiralari toʻgʻrisida maʼlumotlar taqdim etadilar.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi Dori vositalari va tibbiy texnikalar sifatini nazorat qilish bosh boshqarmasining Narkotik vositalarni nazorat qilish qoʻmitasi kiritilgan hisobotlar asosida yigʻma hisobot tuzadi va uni ilova qilinayotgan shakllar boʻyicha Narkotik moddalar ustidan nazorat qilish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Davlat komissiyasiga va Davlat komissiyasi bilan kelishgan holda BMT Narkotik moddalar ustidan nazorat qilish Xalqaro qoʻmitasi tomonidan belgilangan tartibda va shakl boʻyicha Xalqaro qoʻmitaga taqdim etadi.
III. Yakuniy qoidalar
11. Mazkur Nizomda nazarda tutilgan maʼlumotlar taqdim etmaganligi va taqdim etish muddatlarini buzganligi, shuningdek notoʻgʻri hisobot maʼlumotlari berganligi uchun yuridik shaxslar rahbarlari qonunchilikka muvofiq javob beradilar.
12. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi Dori vositalari va tibbiy texnikalar sifatini nazorat qilish bosh boshqarmasining Narkotik vositalarni nazorat qilish qoʻmitasiga taqdim etiladigan maʼlumotlar maxfiy hisoblanadi, qonunchilikda nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno.
Oʻzbekiston Respublikasida narkotik vositalar, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalada boʻlishi bilan bogʻliq faoliyat boʻyicha hisobotlar yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Izoh:
Narkotik vositalar, psixotrop moddalar va prekursorlar sotish (berish) boʻyicha hisobot shakli har bir tur boʻyicha alohida toʻldiriladi.
Oʻlchov birligi: ampulalar, flakonlar, shprits-tyubiklar, tabletkalar, shamdorilar, transdermal plastirlar, prekursorlar uchun — g (ml).
Yuqori tashkiloti boʻlgan yuridik shaxslar hisobotni oʻzlarining yuqori tashkilotlari orqali taqdim etishlari mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasida narkotik vositalar, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalada boʻlishi bilan bogʻliq faoliyat boʻyicha hisobotlar yuritish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga 2-ILOVA
Izoh:
narkotik vositalar, psixotrop moddalarning har bir turi va dori preparatining har bir turi boʻyicha hisobot shakli alohida toʻldiriladi.
Yuqori tashkiloti boʻlgan yuridik shaxslar hisobotni oʻzlarining yuqori tashkilotlari orqali taqdim etishlari mumkin”
Oʻzbekiston Respublikasida narkotik vositalar, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalada boʻlishi bilan bogʻliq faoliyat boʻyicha hisobotlar yuritish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga 3-ILOVA
Izoh:
narkotik vositalar, psixotrop moddalar va prekursorlardan foydalanish boʻyicha hisobot shakllari har bir tur boʻyicha alohida toʻldiriladi.
Yuqori tashkiloti boʻlgan yuridik shaxslar hisobotni oʻzlarining yuqori tashkilotlari orqali taqdim etishlari mumkin, xususiy davolash-profilaktika muassasalari va dorixonalar hisobotlarni viloyatlar sogʻliqni saqlash boʻlimlarining Doimiy faoliyat koʻrsatuvchi komissiyalari orqali taqdim etadilar”.
Oʻzbekiston Respublikasida narkotik vositalar, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalada boʻlishi bilan bogʻliq faoliyat boʻyicha hisobotlar yuritish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga 4-ILOVA
Izoh:
yuqori tashkiloti boʻlgan yuridik shaxslar hisobotni oʻzining yuqori tashkilotlari orqali taqdim etadilar.
