18-modda. Qutqaruv xizmatlari va qutqaruv tuzilmalariga oʻz faoliyatini amalga oshirishida koʻmaklashish
Qutqaruv xizmati va qutqaruvchi maqomi toʻgʻrisida (O‘RQ-195-son) · Sana: 26.12.2008 · Amalda
Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari hamda tashkilotlar qutqaruv xizmatlari va qutqaruv tuzilmalariga favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish ishlarini bajarishda yordam koʻrsatishi, shu jumladan keyinchalik oʻrni belgilangan tartibda qoplanishi sharti bilan ularga zarur transport va moddiy vositalarni taqdim etishi shart.
Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish ishlarini oʻtkazish joyiga borayotganda qutqaruv xizmatlari va professional qutqaruv tuzilmalarining tezkor transporti moneliksiz oʻtish hamda aerodromlar, avtomobillarga yonilgʻi quyish shoxobchalari va daryo portlarida yonilgʻi-moylash materiallari bilan birinchi navbatda taʼminlanish, shuningdek texnik xizmat koʻrsatish stansiyalari va ustaxonalarida texnika hamda aslaha-anjomlar, aloqa vositalarining birinchi navbatda taʼmirlanishi huquqidan foydalanadi.
