“184-modda. Soliqlar yoki boshqa majburiy toʻlovlarni toʻlashdan boʻyin tovlash”;
Soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonunlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida (O‘RQ-197-son) · Sana: 31.12.2008 · Amalda
birinchi qismi dispozitsiyasidagi “soliqlarni, yigʻimlarni, boj yoki boshqa toʻlovlarni” degan soʻzlar “soliqlarni yoki boshqa majburiy toʻlovlarni” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi va uchinchi qismlari dispozitsiyasidagi “Soliq yoki boshqa toʻlovlarni” degan soʻzlar “Soliqlar yoki boshqa majburiy toʻlovlarni” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
toʻrtinchi qismidagi “soliqlar va boshqa toʻlovlar” degan soʻzlar “soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
10-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2015–XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 3, 6-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 9, 193-modda, № 12, 269-modda; 1996-yil, № 5-6, 69-modda, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 4-5, 126-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 3, 38-modda, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda, № 7-8, 217-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 165, 182-moddalar; 2002-yil, № 1, 20-modda, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 5, 90-modda, № 9, 171-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 312-modda, № 12, 413, 417, 418-moddalar; 2006-yil, № 6, 261-modda, № 9, 498-modda, № 10, 536-modda, № 12, 656, 659-moddalar; 2007-yil, № 4, 158, 159, 164, 165-moddalar, № 9, 416, 421-moddalar, № 12, 596, 604, 607-moddalar; 2008-yil, № 4, 181, 189, 192-moddalar, № 9, 486, 488-moddalar):
1) 174-moddasining:
nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
