“661-modda. Guvohning advokati
Advokatura instituti takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-198-son) · Sana: 31.12.2008 · Amalda
Guvohning advokati belgilangan tartibda guvohning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish hamda unga zarur yuridik yordam koʻrsatish vakolatiga ega boʻlgan shaxsdir.
Jinoyat ishida taraflar manfaatini himoya qilayotgan shaxs mazkur ish boʻyicha guvohning advokati boʻlishi mumkin emas.
Guvohning advokati ishda ishtirok etishga u advokatlik guvohnomasini koʻrsatganidan va orderni taqdim etganidan soʻng, guvoh chaqirilgan paytdan eʼtiboran qoʻyiladi.
Guvohning advokati: huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilayotgan shaxsning qaysi jinoyat ishi boʻyicha chaqirilganligini bilish; guvohning soʻroq qilinishida, shuningdek u ishtiroki bilan oʻtkazilayotgan boshqa tergov harakatlarida ishtirok etish, unga qisqa maslahatlar berish; soʻroq qilayotgan shaxsning ruxsati bilan guvohga savollar berish; guvohni soʻroq qilishda ishtirok etayotgan tarjimonni rad qilish haqida qonunda belgilangan tartibda arz qilish; soʻroq tugaganidan soʻng guvohning huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilganligi toʻgʻrisidagi, soʻroq bayonnomasiga kiritilishi lozim boʻlgan arzlarini bayon etish huquqiga ega.
Guvohning advokati: guvohga zarur yuridik yordam koʻrsatishi; dalillarni yoʻq qilish, soxtalashtirish, guvohlarni koʻndirishga urinish va boshqa qonunga xilof harakatlar orqali haqiqatni aniqlashga toʻsqinlik qilmasligi; ishni tergov qilishda va sud majlisi vaqtida tartibga rioya qilishi shart”;
13) 69-modda:
quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Himoyachining iltimosnomasiga koʻra surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sud tomonidan mutaxassis tushuntirish berish uchun chaqirilishi mumkin”;
ikkinchi va uchinchi qismlari tegishincha uchinchi va toʻrtinchi qismlar deb hisoblansin;
14) 87-modda quyidagi mazmundagi ikkinchi va uchinchi qismlar bilan toʻldirilsin:
“Himoyachi dalillar sifatida foydalanilishi mumkin boʻlgan maʼlumotlarni: ishga taalluqli axborotga ega boʻlgan shaxslarni soʻrovdan oʻtkazish hamda ularning roziligi bilan yozma tushuntirishlar olish; davlat organlariga va boshqa organlarga, shuningdek korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga soʻrov yuborish hamda ulardan maʼlumotnomalar, tavsifnomalar, tushuntirishlar va boshqa hujjatlarni olish orqali toʻplashga haqli.
