Vakolatli banklarda eksport va barter kontraktlarini hisobga qoʻyish va ularning bajarilishi ustidan nazorat qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida (954-3-son)
23.12.2008
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI BOShQARUVINING
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2008-yil 23-dekabrda 954-3-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida” (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, 12-son, 247-modda) va “Valyutani tartibga solish toʻgʻrisida”gi (yangi tahrirda) (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2004-yil, 1-2-son, 6-modda) qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tashqi iqtisodiy savdo aloqalari, xorijiy investitsiyalarni jalb etish sohasida boshqaruv tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi 2005-yil 21-iyuldagi PF-3631-sonli Farmoni (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-yil, 28-29-son, 206-modda) hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasining xoʻjalik yurituvchi subyektlari tomonidan xorijiy mamlakatlardagi ular tashkil etgan savdo uylari, vakolatxonalar, korxonalar orqali, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi savdo-sanoat palatasining xorijiy mamlakatlardagi savdo-investitsiya uylari orqali olib chiqilayotgan tovarlarni bojxonada rasmiylashtirish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi 2005-yil 9-avgustdagi 189-sonli qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-yil, 32-33-son, 246-modda) muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi tomonidan 2000-yil 24-iyunda 393-son bilan tasdiqlangan “Vakolatli banklarda eksport va barter kontraktlarini hisobga qoʻyish va ularning bajarilishi ustidan nazorat qilish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom”ga (2000-yil 9-avgust, roʻyxat raqami 954 — Meʼyoriy hujjatlar axborotnomasi, 2000-yil, 15-son) ilovaga* muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan
2. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Markaziy bank boshqaruvi raisi F. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2008-yil 22-noyabr,
393-3-son
