Oʻzbekiston Respublikasining Bola huquqlari toʻgʻrisidagi konvensiyaga doir, bolalarning qurolli mojarolarda ishtirokiga taalluqli fakultativ Protokolga (Nyu-York, 2000-yil 25-may) qoʻshilishi haqida (O‘RQ-190-son)
12.12.2008
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Qonunchilik palatasi tomonidan 2008-yil 11-noyabrda qabul qilingan Senat tomonidan 2008-yil 5-dekabrda maʼqullangan
Bola huquqlari toʻgʻrisidagi Konvensiyaga doir, bolalarning qurolli mojarolarda ishtirokiga taalluqli Fakultativ protokolga (Nyu-York, 2000-yil 25-may) quyidagi bayonot bilan qoʻshilinsin:
Protokolning 3-moddasi 2-bandi boʻyicha: “Oʻzbekiston Respublikasi bayon etadiki, Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safiga fuqarolarning chaqiruvi Oʻzbekiston Respublikasining 2002-yil 12-dekabrda qabul qilingan “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq ular faqat oʻn sakkiz yoshga toʻlganidan soʻng yoʻl qoʻyiladi”.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2008-yil 12-dekabr,
OʻRQ-190-son
