“Dehqon xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga kiritish tartibi haqida (655-XII-son)
03.07.1992
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasining Oliy Kengashi qaror qiladi:
1. “Dehqon xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni eʼlon qilingan paytdan eʼtiboran amalga kiritilsin.
2. Belgilab qoʻyilsinki, Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari “Dehqon xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiqlashtirilib olingunga qadar ushbu Qonunga zid boʻlmagani uchun Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi hujjatlari qoʻllanaveradi.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasmi uch oylik muddat ichida:
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlarini “Dehqon xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiqlashtirish;
Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlarini “Dehqon xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiqlashtirish xususida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashiga takliflar taqdim etish vazifasi topshirilsin.
4. “Yer toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1990-yil № 16 — 18, 294-modda) 11-moddasiga oʻzgartirish kiritilib, moddaning birinchi qismidagi “5 yilga” degan soʻzlar “10 yilga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Raisi Sh. YOʻLDOShEV
Toshkent sh.,
1992-yil 3-iyul,
655-XII-son
