Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining qoʻshma qarorlarini tasdiqlash toʻgʻrisida (845-I-son)
10.07.2008
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining:
2008-yil 3-iyuldagi “Nodavlat notijorat tashkilotlarini, fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlashni kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 842-I, 513-I-sonli;
2008-yil 10-iyuldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondining vazifalarini amalga oshirish uchun zarur normativ-huquqiy hujjatlarni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi mablagʻlarini boshqarish boʻyicha Parlament komissiyasining tarkibini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 843-I, 515-I-sonli qoʻshma qarorlari tasdiqlansin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri D. TOSHMUHAMEDOVA
Toshkent sh.,
2008-yil 10-iyul,
845-I-son
