Maxsus yuklar tasnifini tasdiqlash toʻgʻrisida (1873-son)
02.12.2008
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI TAShQI IQTISODIY ALOQALAR, INVESTITSIYaLAR VA SAVDO VAZIRLIGI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT BOJXONA QOʻMITASINING
QARORI
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2008-yil 2-dekabrda 1873-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 27-martdagi PQ-823-son “Oʻzbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy faoliyatini yanada tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 14-15-son, 98-modda) va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 21-fevraldagi 62-son “Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali maxsus yuklar va harbiy tarkiblarning tranzitini davlat tomonidan tartibga solish va nazorat qilish toʻgʻrisida”gi qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2002-y., 3-4-son, 34-modda) 8-bandi ijrosini va xavfli yuklar, qurol-yarogʻ, harbiy texnika, harbiy buyumlarni olib oʻtishda xavfsizlikni taʼminlash hamda mazkur yuklar va tarkiblarni Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tranzit orqali olib oʻtishda nazorat qilishning samaradorligini oshirish maqsadida Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi hamda Davlat bojxona qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali faqat maxsus ruxsatnoma mavjud boʻlgan taqdirda tranzit boʻyicha olib oʻtiladigan xavfli yuklarning roʻyxati va Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali faqat maxsus ruxsatnoma mavjud boʻlgan taqdirda tranzit qilinadigan qurol-yarogʻ, harbiy texnika va harbiy mol-mulk roʻyxati 1 va 2-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
2. Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi va Davlat bojxona qoʻmitasining 2002-yil 19-avgustdagi EG-01/10-3409 va 02/20-31-son “Maxsus yuklar tasnifini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori (2002-yil 26-avgust, roʻyxat raqami 1167 — Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralari meʼyoriy hujjatlar axborotnomasi, 2002-yil, 15-16-sonlar) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgach kuchga kiradi.
Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri E. GANIYEV
Toshkent sh.,
2008-yil 23-oktabr,
EG-01/10-6804-son
Davlat bojxona qoʻmitasi raisi S. NOSIROV
Toshkent sh.,
2008-yil 23-oktabr,
01-02/12-56-son
Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasining 2008-yil 23-oktabrdagi EG-01/10-6804, 01-02/12-56-son qaroriga 1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali faqat maxsus ruxsatnoma mavjud boʻlgan taqdirda tranzit boʻyicha olib oʻtiladigan xavfli yuklarning roʻyxati
Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasining 2008-yil 23-oktabrdagi EG-01/10-6804, 01-02/12-56-son qaroriga 2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali faqat maxsus ruxsatnoma mavjud boʻlgan taqdirda tranzit qilinadigan qurol-yarogʻ, harbiy texnika va harbiy mol-mulk roʻyxati
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 49-son, 482-modda)
