Sanoat va qishloq xoʻjaligi sohasida ishlovchi umumiy kasb xodimlari uchun maxsus kiyim, maxsus poyabzal va boshqa yakka tartibda himoyalanish vositalarini bepul berishning namunaviy meʼyorlarini tasdiqlash haqida (1877-son)
02.12.2008
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MEHNAT VA AHOLINI IJTIMOIY MUHOFAZA QILISH VAZIRINING
buyrugʻi
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2008-yil 2-dekabrda 1877-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 12-iyuldagi 267-son qarori bilan tasdiqlangan “Mehnatni muhofaza qilishga doir qoida va normalarni qayta koʻrib chiqish, ishlab chiqish va joriy etish Dasturi” ijrosini taʼminlash maqsadida buyuraman:
1. Sanoat va qishloq xoʻjaligi sohasida ishlovchi umumiy kasb xodimlari uchun maxsus kiyim, maxsus poyabzal va boshqa yakka tartibda himoyalanish vositalarini bepul berishning Namunaviy meʼyorlari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatiga olingan kundan boshlab oʻn kun oʻtgach kuchga kiritiladi.
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri v.b. A. XAITOV
Toshkent sh.,
2008-yil 31-oktabr,
57-son
Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining 2008-yil 31-oktabrdagi 57-son buyrugʻiga ILOVA
Sanoat va qishloq xoʻjaligi sohasida ishlovchi umumiy kasb xodimlari uchun maxsus kiyim, maxsus poyabzal va boshqa yakka tartibda himoyalanish vositalarini bepul berishning
NAMUNAVIY MEʼYORLARI
* Katta chuqurlikda va yilning sovuq kunlarida yuqorida qayd qilingan yakka tartibdagi himoya vositalari ikki karra miqdorida beriladi. Jun ichki kiyimlar faqat bir gʻavvos uchun moʻljallangan boʻlib, boshqa bir gʻavvos tomonidan qayta foydalanish uchun ishlatilmaydi va 3 yil muddatga beriladi.
Gʻavvos-mutaxassis va gʻavvos-uslubiyotchilarga suvga tushish paytida yakka tartibdagi himoya vositalari gʻavvoslarga belgilangan meʼyorlardan kelib chiqib, navbatchi tarzida beriladi.
Yakuniy qoidalar
Ushbu Namunaviy meʼyorlar Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, “Sanoatkontexnazorat” Davlat inspeksiyasi bilan kelishilgan.
Qishloq va suv xoʻjaligi vaziri S. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2008-yil 27-oktabr
Sogʻliqni saqlash vaziri F. NAZIROV
Toshkent sh.,
2008-yil 27-oktabr
Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi raisi D. JAHONGIROVA
Toshkent sh.,
2008-yil 27-oktabr
“Sanoatkontexnazorat” Davlat inspeksiyasi boshligʻi I. XOLMATOV
Toshkent sh.,
2008-yil 27-oktabr
