Hakamlik sudi va xoʻjalik nizolarini hal etish tartibi toʻgʻrisida (443-XII-son) · Sana: 20.11.1991 · Amalda
Hakamlik sudining qarori hakamlik sudi beradigan buyruqqa asosan Oʻzbekiston Respublikasining qonunlariga muvofiq ijro etiladi. Buyruq ijro hujjati hisoblanadi va qaror bilan birgalikda yuboriladi.
Pul mablagʻlarini undirishga oid buyruq uni undiruvchi shaxsga topshiriladi yoki buyurtma xat yoxud qiymatli xat bilan unga yuboriladi. Mablagʻlar budjet foydasiga undirilayotganida buyruq soliq idorasiga yuboriladi hamda belgilangan tartibda bank muassasasi orqali ijro etiladi. Qolgan buyruqlar sud ijrochilari tomonidan bajariladi.
Birinchi galdagi va qarshi daʼvolar toʻla yoki qisman qondirilgan taqdirda undirish xususidagi buyruqlar har bir daʼvo boʻyicha alohida beriladi.
Matn manbasi
O'zbekiston Respublikasi qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi (lex.uz). lex.uz dagi asl nusxa: lex.uz/docs/-141109
Matn lex.uz dan avtomatik olingan va mazmunan u bilan bir xil: bu alohida tahrir emas, o'sha matnning o'zi. U ta'lim va ma'lumot maqsadida keltirilgan, normalar mazmuni o'zgartirilmaydi. Bu rasmiy nashr emas: sud, shartnoma va rasmiy javoblar uchun lex.uz dagi amaldagi tahrirni tekshiring. Loyiha haqida
Sayt haqida: NEOLEX (veoskill) — O'zbekiston Respublikasi huquqi bo'yicha ta'lim loyihasi. U lex.uz o'rnini bosmaydi, o'sha matnlarga har bir modda uchun alohida manzil, oddiy so'zlar bilan izohlar, atamalar lug'ati, testlar va uch tilda o'qishni qo'shadi. Aloqa: Telegram @neovixar.
Quyidagicha iqtibos keltiring: 153-modda. Hakamlik sudining buyrugʻi va uning ijro etish uchun yuborilishi Hakamlik sudi va xoʻjalik nizolarini hal etish tartibi toʻgʻrisida (443-XII-son). neolex.uz/uz/laws/law-141131/153 (lex.uz/docs/-141109)