Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining baʼzi hujjatlariga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida (PF-4055-son)
21.11.2008
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tijorat banklari moliyaviy barqarorligini yanada oshirish va investitsiyaviy faoliyatini kuchaytirish sohasidagi baʼzi hujjatlarini muvofiqlashtirish maqsadida:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining baʼzi hujjatlariga ilovaga muvofiq oʻzgartishlar kiritilsin.
2. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Mamlakatni isloh qilish va yangilashning huquqiy bazasini takomillashtirish masalalari boʻyicha Davlat maslahatchisi xizmati (Sh.X. Fayziyev) zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2008-yil 21-noyabr,
PF-4055-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 21-noyabrdagi PF-4055-son Farmoniga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining oʻzgartishlar kiritiladigan hujjatlari roʻyxati
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Bank tizimini yanada isloh qilish va erkinlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2005-yil 15-apreldagi PQ-56-son qarorining 3-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
