9-modda. Ijtimoiy infrastruktura obyektlarini loyihalash va qurish chogʻida nogironlarning ehtiyojlarini hisobga olish
Oʻzbekiston Respublikasida nogironlarni ijtimoiy himoya qilish toʻgʻrisida (422-XII-son) · Sana: 18.11.1991 · Kuchini yo'qotgan
Aholi punktlarini loyihalash va qurish, turar joy dahalarini barpo etish, binolar, inshootlar, shu jumladan aeroportlar, temir yoʻl vokzallari, avtostansiyalar, daryo portlari, sport komplekslari, maorif va madaniyat obyektlarining, kommunikatsiyalarning loyiha yechimlarini ishlab chiqish, ularni qurish va rekonstruksiyalash, shuningdek transport vositalarini, shu jumladan xususiy transport vositalarini, aloqa va axborot vositalarini ularga nogironlar kirishi va ulardan foydalanishi uchun moslashtirmay turib yaratish va ishlab chiqarishga yoʻl qoʻyilmaydi. Tegishli obyektlarning loyihalari nogironlarning jamoat tashkilotlari bilan kelishib olinishi kerak.
Nogironlarga shart-sharoit yaratish loyihalarining ajralmas qismi hisoblanadi. Nogironlar uchun moʻljallangan obyektlarni loyihalash va qurish ustunlik tartibida amalga oshiriladi.
