39-modda. Nogironlarning jamoat birlashmalarini tuzish huquqi
Oʻzbekiston Respublikasida nogironlarni ijtimoiy himoya qilish toʻgʻrisida (422-XII-son) · Sana: 18.11.1991 · Kuchini yo'qotgan
Nogironlar va ularning nomidan ish olib boruvchi shaxslar oʻz huquqlari va manfaatlarini himoya qilish, oʻzaro qoʻllab-quvvatlash va xizmat koʻrsatish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasining qonunlarida belgilab qoʻyilgan tartibda jamoat birlashmalarini, shu jumladan turli jamgʻarmalarni tashkil etish huquqiga egadirlar.
Davlat idoralari nogironlarning jamoat birlashmalariga hamda ularning manfaatlarini himoya qiluvchi tashkilotlarga har tomonlama madad, moddiy va gumanitar yordam beradi.
Davlat idoralari, shuningdek mulkning oʻz xoʻjalik yuritishning shaklidan qatʼi nazar, korxonalar, birlashmalar, muassasalar va tashkilotlar nogironlar manfaatlariga taalluqli masalalarni hal etish chogʻida bu masalalarni nogironlarning jamoat birlashmalari bilan birgalikda hal etishlari shart.
Nogironlar va ularning qonuniy vakillari oʻz manfaatlariga bevosita daxldor boʻlgan masalalar muhokama qilinayotganda hamda ular yuzasidan qarorlar qabul qilinayotganda qatnashish, shuningdek zarur axborot olish huquqiga egadirlar.
