32-modda. Ijtimoiy yordam turlari
Oʻzbekiston Respublikasida nogironlarni ijtimoiy himoya qilish toʻgʻrisida (422-XII-son) · Sana: 18.11.1991 · Kuchini yo'qotgan
Nogironlarga ijtimoiy yordam pul toʻlovlari (pensiyalar, nafaqalar, bir yoʻla beriladigan toʻlovlar) shaklida, texnika vositalari hamda boshqa vositalar, shu jumladan avtomobillar, oʻrindiqli aravachalar, protez-ortopediya buyumlari, maxsus harfli matbaa nashrlari, ovoz kuchaytirgich apparatlar va signalizatorlar bilan taʼminlash shaklida, shuningdek tibbiy, ijtimoiy va kasb jihatidan tiklash hamda maishiy xizmat, transport xizmati koʻrsatish yoʻli bilan beriladi.
Nogironlarni pensiyalar va nafaqalar bilan taʼminlash tartibi pensiya va ijtimoiy taʼminot toʻgʻrisidagi qonunlarda belgilab qoʻyiladi.
Nogironlarga bepul maxsus tibbiy yordam koʻrsatish tartibi Oʻzbekiston Respublikasining sogʻliqni saqlash toʻgʻrisidagi qonunlarida belgilab qoʻyiladi. Nogironlarni dori-darmonlar bilan taʼminlash, ularga texnik vositalar va oʻzga vositalarni berish, shuningdek, maishiy xizmat va transport xizmati koʻrsatish bepul yoki Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarida belgilab qoʻyilgan tartibda yengil shartlar asosida amalga oshiriladi.
