28-modda. Nogironlarning mehnat qilish huquqini amalga oshirishi
Oʻzbekiston Respublikasida nogironlarni ijtimoiy himoya qilish toʻgʻrisida (422-XII-son) · Sana: 18.11.1991 · Kuchini yo'qotgan
Nogironlarning ijodiy va ishlab chiqarish qobiliyatlarini roʻyobga chiqarish maqsadida hamda tiklanishning yakka tartibdagi dasturlarini hisobga olib, ularga mehnat sharoiti odatdagicha boʻlgan korxonalar, birlashmalar, muassasalar va tashkilotlarda, nogironlar mehnati qoʻllaniladigan ixtisoslashtirilgan korxonalarda, sexlarda va uchastkalarda ishlash huquqi, shuningdek yakka tartibdagi mehnat faoliyati bilan hamda qonun bilan taqiqlanadigan oʻzgacha mehnat faoliyati bilan shugʻullanish huquqi taʼminlanadi.
Nogiron bilan mehnat shartnomasi tuzishdan yoki xizmat yuzasidan uni yuqori lavozimga koʻtarishdan bosh tortishga, maʼmuriyat tashabbusi bilan ishdan boʻshatishga, nogironligi uchun uni oʻz roziligisiz boshqa ishga oʻtkazishga yoʻl qoʻyilmaydi. Tibbiy-ijtimoiy ekspertizaning xulosasiga koʻra nogironning salomatligi bu kasb vazifalarini bajarishga monelik qilgan yoki nogironning yoxud boshqa kishilarning salomatligi va mehnat xavfsizligiga tahdid qilgan hollar bundan mustasnodir.
Nogiron oʻz mehnat qobiliyatini tiklaganidan keyin avvalgi ishiga yoki shunga teng ishga joylashish huquqiga ega.
