16-modda. Nogironlarni tibbiy, kasb va ijtimoiy jihatdan tiklash vazifalari
Oʻzbekiston Respublikasida nogironlarni ijtimoiy himoya qilish toʻgʻrisida (422-XII-son) · Sana: 18.11.1991 · Kuchini yo'qotgan
Oʻzbekiston Respublikasi nogironlarni tibbiy, kasb va ijtimoiy jihatdan tiklash tizimini tashkil etadi va bu tizim qaror topishi hamda rivojlanishiga koʻmaklashadi. Mazkur tizim organizmning izdan chiqqan yoki yoʻqolgan qobiliyatlarini, oʻziga oʻzi xizmat qilish qobiliyatini, kasb faoliyatining xilma-xil turlaridagi qobiliyatini, shuningdek nogironlarga toʻlaqonli turmush tarzini davom ettirish imkonini beradigan va ularning huquqlari hamda mavjud imkoniyatlarini ishga solishni taʼminlaydigan qobiliyatlarini qayta tiklashga hamda ularning oʻrnini qoplashga qaratilgan chora-tadbirlar majmuidan iborat.
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati nogironlarni tibbiy, kasb va ijtimoiy jihatdan tiklash, shuningdek nogironlikning oldini olish sohasida ilmiy tadqiqotlar oʻtkazish va mutaxassislar tayyorlashni pul bilan taʼminlaydi hamda bu ishni tashkil etadi.
