128-1-modda. Transport vositalarining ichki jihozlarini buzish
Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 128-1-moddasiga oʻzgartish kiritish toʻgʻrisida (437-XII-son) · Sana: 20.11.1991 · Amalda
Passajir vagonlarining ichki jihozlarini, lokomotivlar hamda vagonlarning oynalarini buzish —
besh yuz soʻmdan ming soʻmgacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Kemalar hamda avialaynerlarning ichki jihozlarini buzish —
besh yuz soʻmdan ming soʻm miqdorgacha jarima solishga sabab boʻladi.
Avtobuslarning, marshrut taksilarining, taksilar va shahar elektr transportining salonlaridagi hamda metropoliten vagonlaridagi va maxsus transportning hamma turlaridagi oynalar va ichki jihozlarni buzish —
ming soʻmdan ikki ming soʻmgacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Jarima undirib olinishi aybdorni yetkazilgan moddiy zarar summasini toʻlashdan ozod etmaydi”.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1991-yil 20-noyabr,
437-XII-son
