Davlat foydasiga voz kechish bojxona rejimi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (695-1-son)
04.11.2008
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2008-yil 4-noyabrda 695-1-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining 38-moddasiga asosan qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 1999-yil 17-martdagi 02/12-48-sonli qarori bilan tasdiqlangan Davlat foydasiga voz kechish bojxona rejimi toʻgʻrisidagi nizomga (roʻyxat raqami 695, 1999-yil 8-aprel — Meʼyoriy hujjatlar axborotnomasi, 1999-yil, 4-son) ilovaga* muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
*Ilova rus tilidagi matnda berilgan
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatiga olingan kundan boshlab oʻn kun oʻtgach kuchga kiradi.
Davlat bojxona qoʻmitasi raisi S. NOSIROV
Toshkent sh.,
2008-yil 16-oktabr,
01-02/8-54-son
