Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining baʼzi hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek ayrimlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (PF-4045-son)
24.10.2008
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Oʻzbekiston Respublikasining “Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida” 2008-yil 22-iyuldagi OʻRQ-163-son Qonuniga muvofiq:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining baʼzi hujjatlariga ilovaga muvofiq oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qimmatli qogʻozlar bozorini rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 1995-yil 7-sentabrdagi PF-1270-son Farmoni.
3. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2008-yil 24-oktabr,
PF-4045-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 24-oktabrdagi PF-4045-son Farmoniga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining baʼzi hujjatlariga kiritiladigan oʻzgartish va qoʻshimchalar
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Sugʻurta xizmatlari bozorini yanada isloh qilish va rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2008-yil 21-maydagi PQ-872-son qarori 3-bandining ikkinchi xatboshidagi “mazkur faoliyat turlarini” soʻzlari “qimmatli qogʻozlar bozorida kasb faoliyatini” soʻzlari bilan almashtirilsin.
