Yoʻq qilish bojxona rejimi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish kiritish haqida (584-1-son)
27.10.2008
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT BOJXONA QOʻMITASINING
QARORI
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2008-yil 27-oktabrda 584-1-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, 2-son, 36-modda) 37-moddasi, “Davlat bojxona xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, 9-son, 230-modda) 6-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi qaror qiladi:
1. “Yoʻq qilish bojxona rejimi toʻgʻrisidagi nizom”ga (roʻyxat raqami 584, 1998-yil 14-dekabr) ilovaga* muvofiq oʻzgartirish kiritilsin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatiga olingan kundan boshlab oʻn kun oʻtgach kuchga kiradi.
Davlat bojxona qoʻmitasi raisi S. NOSIROV
Toshkent sh.,
2008-yil 17-oktabr,
01-02/12-55-son
