Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi (asosiy qonuni)ning 107-moddasiga oʻzgartish kiritish toʻgʻrisida (433-XII-son)
20.11.1991
Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
Oʻzbekiston Respublikasining Oliy Kengashi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi (Asosiy Qonuni)ning 107-moddasi ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Qonun loyihalari taqdim etish huquqiga Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasining Kengashi va Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi ham ega”.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1991-yil 20-noyabr,
433-XII-son
