Aviakerosin yoqilgʻisi uchun qatʼiy miqdorda belgilangan aksiz soligʻi stavkalarini qayta koʻrib chiqish toʻgʻrisida (1866-son)
16.10.2008
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRINING
BUYRUGʻI
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2008-yil 16-oktabrda 1866-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 12-dekabrdagi PQ-744-son “Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-yil, 52-son, 534-modda) 12-1-ilovasiga muvofiq buyuraman:
1. Aviakerosin yoqilgʻisi uchun qatʼiy miqdorda belgilangan aksiz soligʻi stavkasi qayta koʻrib chiqilib, 36 400 soʻm/tonnaga miqdorida belgilansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2008-yil 17-apreldagi 38-sonli “Aviakerosin yoqilgʻisi uchun qatʼiy miqdorda belgilangan aksiz soligʻi stavkalarini qayta koʻrib chiqish toʻgʻrisida”gi buyrugʻi (2008-yil 21-aprel, roʻyxat raqami 1796 — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-yil, 17-son, 131-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan paytdan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2008-yil 13-oktabr,
100-son
