Qimmatli qogʻozlar bozorida anderrayting faoliyati toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida (860-2-son)
13.10.2008
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT MULKI QOʻMITASI HUZURIDAGI QIMMATLI QOGʻOZLAR BOZORI FAOLIYATINI MUVOFIQLASHTIRISH VA NAZORAT QILISH MARKAZI BOSH DIREKTORINING
BUYRUGʻI
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2008-yil 13-oktabrda 860-2-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Oʻzbekiston Respublikasining “Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida”gi Qonuniga hamda (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-yil 29-30-son, 278-modda) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 30-martdagi 126-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Markazi toʻgʻrisida”gi nizomga muvofiq buyuraman:
1. Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Markazining 1999-yil 21-dekabrdagi qarori bilan tasdiqlangan Qimmatli qogʻozlar bozorida anderrayting faoliyati toʻgʻrisidagi nizomga (1999-yil 28-dekabr, roʻyxat raqami 860) ilovaga* muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiritilsin.
Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi Bosh direktori K. TOLIPOV
Toshkent sh.,
2008-yil 24-sentabr,
2008-19-son
