“197-modda. Protest keltirish
Oʻzbekiston Respublikasining Xoʻjalik protsessual kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-184-son) · Sana: 29.09.2008 · Amalda
Protest keltirish uchun asoslar mavjud boʻlganda ushbu Kodeksning 193-moddasida koʻrsatilgan mansabdor shaxs protest keltiradi va uni ish bilan birga Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudining Rayosatiga yuboradi.
Protestning mazmuni ushbu Kodeks 177-moddasining birinchi qismi talablariga muvofiq boʻlishi lozim.
Protestning nusxalari ishda ishtirok etuvchi shaxslarga yuboriladi.
Protest keltirgan mansabdor shaxs uni protest koʻriladigan sud majlisi boshlanguniga qadar oʻzgartirish, toʻldirish yoki chaqirib olishga haqli. Ishda ishtirok etuvchi shaxslar protest toʻldirilganligi, oʻzgartirilganligi yoki chaqirib olinganligi toʻgʻrisida xabardor qilinadi”.
2-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2008-yil 29-sentabr,
OʻRQ-184-son
