Farmatsevtika ishlab chiqarish korxonalari xodimlari uchun maxsus kiyim, maxsus poyabzal va boshqa yakka tartibda himoyalanish vositalarini bepul berishning namunaviy meʼyorlarini tasdiqlash haqida (1861-son)
24.09.2008
Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining
buyrugʻi
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2008-yil 24-sentabrda 1861-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 12-iyuldagi “Mehnatni muhofaza qilishga doir meʼyoriy hujjatlarni qayta koʻrib chiqish va ishlab chiqish toʻgʻrisida”gi 267-son qarori bilan tasdiqlangan “Mehnatni muhofaza qilish qoidalari va normalarini qayta koʻrib chiqish va joriy etish dasturi” ijrosini taʼminlash maqsadida buyuraman:
1. Farmatsevtika ishlab chiqarish korxonalari xodimlari uchun maxsus kiyim, maxsus poyabzal va boshqa yakka tartibda himoyalanish vositalarini bepul berishning namunaviy meʼyorlari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Ushbu namunaviy meʼyorlar Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kundan soʻng kuchga kiritilsin.
3. Ushbu buyruqning bajarilishini nazorat qilish vazir oʻrinbosari Sh. Saidov zimmasiga yuklatilsin.
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri v.b. A. HAITOV
Toshkent sh.,
2008-yil 20-avgust,
35-son
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2008-yil 20-avgustdagi 35-son buyrugʻi bilan TASDIQLANGAN
Farmatsevtika ishlab chiqarish korxonalari xodimlari uchun maxsus kiyim, maxsus poyabzal va boshqa yakka tartibda himoyalanish vositalarini bepul berishning
NAMUNAVIY MEʼYORLARI
* “Toza” xonada ishlash uchun komplekt kiyim-bosh:
tik yoqali, bel qismi tortilgan, manjetli, qoʻl bilagini zich oʻrab turgan, ilgichli, oyoqning tovonigacha boʻlgan kombinezon;
soch, burun, ogʻiz, tomoq qismini toʻliq yopadigan shlem-kapyushon shaklidagi bosh kiyimi;
rezina yoki elastik polimerdan qilingan sterillangan qoʻlqoplar;
sterillangan yoki dezinfeksiyalangan oyoq kiyimi;
oyoq kiyimi ustidan kiyiladigan va uni toʻliq yopadigan baxilalar.
Kiyimlarni chetlari qayrilgan, choklariga ishlov berilgan boʻlishi kerak. Kombinezonda ortiqcha burmalar (skladka), ichki va tashqi choʻntaklar boʻlishi kerak emas.
Shimning quyi qismi baxil ichiga, kombinezonning yeng qismi qoʻlqoplari ichiga kiritilgan boʻlishi lozim.
Badanning hech bir qismi yoki ichki kiyim ochiq boʻlishi mumkin emas.
Kiyim ishlash uchun qulay va tanaga mos boʻlishi kerak.
Steril dori vositalari ishlab chiqarish korxonalarida tozalik sinfi A, V, S va D xonalarda ishlash uchun texnologik kiyim-bosh gigiyena talablariga javob beruvchi va minimal darajada oʻzidan tuk ajratadigan materiallardan tayyorlangan boʻlishi lozim.
XIV. Yakunlovchi qoidalar
Mazkur Farmatsevtika ishlab chiqarish korxonalari xodimlari uchun maxsus kiyim, maxsus poyabzal va boshqa yakka tartibda himoyalanish vositalarini bepul berishning namunaviy meʼyorlari “Oʻzfarmsanoat” konserni, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi bilan kelishilgan.
“Oʻzfarmsanoat” konserni Boshqaruvi raisi B. YUNUSOV
Toshkent sh.,
2008-yil 15-avgust
Sogʻliqni saqlash vaziri F. NAZIROV
Toshkent sh.,
2008-yil 15-avgust
Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi raisi D. JAHONGIROVA
Toshkent sh.,
2008-yil 15-avgust
