Soliq maslahatchisi malaka sertifikatini olish uchun malaka imtihonlarini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish kiritish haqida (1749-1-son)
26.09.2008
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QOʻMITASINING
QARORI
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2008-yil 26-sentabrda 1749-1-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Oʻzbekiston Respublikasining “Soliq maslahati toʻgʻrisida”gi Qonuni, Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 20-martdagi “Soliq maslahati sohasini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 55-sonli qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-yil, 12-son, 111-modda) asosan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2007-yil 17-dekabrdagi 108, 2007-63-sonli qarori bilan tasdiqlangan Soliq maslahatchisi malaka sertifikatini olish uchun malaka imtihonlarini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning (2007-yil 17-dekabr, roʻyxat raqami 1749 — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-yil, 50-51-son, 530-modda) 39-bandi quyidagi tahrirda ifodalansin:
“39. Soliq maslahatchisi sertifikatini olish uchun daʼvogar boʻlimlar boʻyicha kamida quyidagi miqdordagi savollarga toʻgʻri javob berishi lozim:
soliq huquqi — 5;
yuridik va jismoniy shaxslarni soliqqa tortish — 9;
iqtisodiy munosabatlarni huquqiy tartibga solish — 7;
soliq maslahati berishning huquqiy asoslari, tashkil etish va uslubi — 3;
buxgalteriya hisobi va hisoboti — 8;
soliq hisob-kitoblari va rejalashtirishda iqtisodiy tahlil — 3.
Bunda test natijalarini ijobiy deb eʼtirof etish uchun asos boʻlib hisoblanadigan toʻgʻri javoblar miqdori imtihon testlaridagi mavjud savollar umumiy miqdorining kamida 75 foizini tashkil etishi kerak”.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgach kuchga kiradi.
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2008-yil 15-sentabr,
95-son
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2008-yil 15-sentabr,
2008-40-son
