69-modda.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining mandat komissiyasi va qoʻmitalari toʻgʻrisida (302-XII-son) · Sana: 14.06.1991 · Amalda
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Mandat komissiyasi va qoʻmitalari oʻz faoliyatlarini oshkoralik asosida amalga oshiradilar, faoliyatlari haqida jamoatchilikni keng xabardor qiladilar. Mandat komissiyasining, qoʻmitalarning, tayyorlov komissiyalarining va ishchi guruhlarining majlislariga matbuot organlari, televideniye, radio va boshqa ommaviy axborot vositalarning vakillari taklif etilishi mumkin.
Mandat komissiyasi va qoʻmitalarning ishi toʻgʻrisidagi axborotlar “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi”da Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining boshqa nashrlarida, respublika roʻznomalarida bosib chiqariladi, shuningdek televideniye va radio orqali eshittiriladi.
