60-modda.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining mandat komissiyasi va qoʻmitalari toʻgʻrisida (302-XII-son) · Sana: 14.06.1991 · Amalda
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 102 va 112-moddalariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Vitse-prezidentini, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Raisning birinchi oʻrinbosarlarini, oʻrinbosarlarini, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi tarkibiga kiruvchi boshqa mansabdor shaxslarni, Oʻzbekiston Respublikasi Prokurori, Oʻzbekiston Respublikasi Xalq nazorati qoʻmitasi raisini, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy hakamlik sudi Raisini, viloyat va Toshkent shahar sudlarining sudʼyalarini, Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining raisini, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat banki Boshqaruvining raisini tasdiqlash, tayinlash yoki saylash, Hukumat tomonidan tayyorlangan Oʻzbekiston Respublikasi budjetini, respublikani iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirishning eng muhim respublika dasturini tasdiqlash, shuningdek tasdiqlangan budjetni, dasturlarni oʻzgartirish toʻgʻrisidagi takliflarni tasdiqlash Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi tegishli qoʻmitalarining xulosalari mavjud boʻlgan taqdirda amalga oshiriladi.
