Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining mandat komissiyasi va qoʻmitalari toʻgʻrisida (302-XII-son) · Sana: 14.06.1991 · Amalda
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 112-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Rayosatiga yoki Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Raisiga kelib tushgan qonun loyihalari yoki qonun chiqarish haqidagi takliflar dastlabki tarzda qarab chiqish hamda ular ustida bundan buyon ish olib borish tartibi toʻgʻrisida takliflar tayyorlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Mandat komissiyasi yoki tegishli qoʻmitalariga va ayni bir vaqtda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Qonunchilik, qonuniylik va huquq-tartibot masalalari qoʻmitasiga yuboriladi. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi yoki Oʻzbekiston Oliy Kengashining Rayosati qonun loyihasi tayyorlovchi bosh qoʻmitani belgilaydi.
Matn manbasi
O'zbekiston Respublikasi qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi (lex.uz). lex.uz dagi asl nusxa: lex.uz/docs/-139553
Matn lex.uz dan avtomatik olingan va mazmunan u bilan bir xil: bu alohida tahrir emas, o'sha matnning o'zi. U ta'lim va ma'lumot maqsadida keltirilgan, normalar mazmuni o'zgartirilmaydi. Bu rasmiy nashr emas: sud, shartnoma va rasmiy javoblar uchun lex.uz dagi amaldagi tahrirni tekshiring. Loyiha haqida
Sayt haqida: NEOLEX (veoskill) — O'zbekiston Respublikasi huquqi bo'yicha ta'lim loyihasi. U lex.uz o'rnini bosmaydi, o'sha matnlarga har bir modda uchun alohida manzil, oddiy so'zlar bilan izohlar, atamalar lug'ati, testlar va uch tilda o'qishni qo'shadi. Aloqa: Telegram @neovixar.
Quyidagicha iqtibos keltiring: 52-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining mandat komissiyasi va qoʻmitalari toʻgʻrisida (302-XII-son). neolex.uz/uz/laws/law-139551/52 (lex.uz/docs/-139553)