45-modda.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining mandat komissiyasi va qoʻmitalari toʻgʻrisida (302-XII-son) · Sana: 14.06.1991 · Amalda
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Mandat komissiyasi va qoʻmitalari Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining aʼzolarini, Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining rahbarlarini, Qoraqalpogʻiston MSSR Vazirlar Kengashi, viloyat ijroiya qoʻmitalari, Toshkent shahar ijroiya qoʻmitasining, Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashgan korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning rahbarlarini oʻz majlislariga taklif etib, ularning Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining qarorlari, Mandat komissiyasi va qoʻmitalarning tavsiyalari qanday bajarilayotgani haqidagi axborotlarini tinglashga haqlidirlar.
Mandat komissiyasi yoki qoʻmitaning taklifiga koʻra mazkur tashkilotning rahbarlari yoki vakillari komissiya yoki qoʻmitaning majlisiga kelishga hamda ular qarab chiqayotgan masalalar boʻyicha tushuntirishlar berishga majburdirlar.
Mandat komissiyasi va qoʻmitalar tegishli idoralar va tashkilotlarni qarab chiqiladigan masalalar xususida barvaqt xabardor qiladilar.
