40-modda.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining mandat komissiyasi va qoʻmitalari toʻgʻrisida (302-XII-son) · Sana: 14.06.1991 · Amalda
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Mandat komissiyasi va qoʻmitalari Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi sessiyasining kun tartibi yuzasidan takliflar kiritish, oʻz ixtiyorlaridagi masalalar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi majlislarida maʼruza va qoʻshimcha maʼruza bilan soʻzga chiqish huquqiga ega.
Mandat komissiyasi va qoʻmitalar oʻzlari Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashiga kiritgan masalalar boʻyicha yoxud dastlabki tarzda yoki qoʻshimcha ravishda qarab chiqish uchun komissiyaga yo boʻlmasa qoʻmitalarga berilgan masalalar boʻyicha oʻz maʼruzachilari yoki qoʻshimcha maʼruzachilarini belgilaydilar.
Mandat komissiyasi va qoʻmitalar oʻzlari birgalikda tayyorlagan masalalar boʻyicha qoʻshma maʼruzalar yoki qoʻshimcha maʼruzalar bilan soʻzga chiqishlari yoxud oʻz taklif va mulohazalarni alohida taqdim etishlari mumkin.
