34-modda.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining mandat komissiyasi va qoʻmitalari toʻgʻrisida (302-XII-son) · Sana: 14.06.1991 · Amalda
Mandat komissiyasi yoki qoʻmitaning raisi ularning ishiga rahbarlik qilar ekan:
zarur materiallarning tayyorlanishini tashkil etadi, komissiya yoki qoʻmitaning majlislarini chaqiradi va ularda raislik qiladi;
komissiya yoki qoʻmita aʼzolariga topshiriqlar beradi, ularga komissiya yoki qoʻmita faoliyati bilan bogʻliq materiallar va hujjatlarni yuboradi;
tayyorlov komissiyalari va ishchi guruhlarining ishida qatnashish uchun, shuningdek komissiya yoki qoʻmitaning boshqa topshiriqlarini bajarish uchun komissiya yoki qoʻmita aʼzolarini chaqiradi;
davlat va jamoat idoralari hamda tashkilotlarining vakillarini, mutaxassis va olimlarni komissiya yoki qoʻmita ishida qatnashishga taklif etadi;
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining sessiyalarida, davlat va jamoat idoralari hamda tashkilotlari bilan boʻladigan munosabatlarda komissiya yoki qoʻmita nomidan vakillik qiladi;
Komissiya yoki qoʻmita qarorlarini bajarish yuzasidan ishlarni tashkil etadi;
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashiga uning topshiriqlarini bajarish yuzasidan axborot beradi;
Komissiya yoki qoʻmitaning qarorlari bajarilganligi va uning tavsiyalari qarab chiqilganligi haqida komissiya yoki qoʻmita aʼzolariga axborot beradi.
