Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining mandat komissiyasi va qoʻmitalari toʻgʻrisida (302-XII-son) · Sana: 14.06.1991 · Amalda
Mandat komissiyasi yoki qoʻmitaning aʼzosi komissiya yoki qoʻmita qarab chiqayotgan barcha masalalarda hal qiluvchi ovozdan foydalanadi, komissiyada va qoʻmitada qarab chiqish uchun istalgan masalalarni va takliflarni kiritish, ularni tayyorlash, muhokama qilish va qaror qabul qilishda, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi, Mandat komissiyasi va qoʻmitaning qarorlarini bajarishni tashkil etishda qatnashish huquqiga ega.
Mandat komissiyasi yoki qoʻmita tomonidan takliflari qoʻllab-quvvatlanmagan Mandat komissiyasi yoki qoʻmitaning aʼzosi ushbu masala Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashida muhokama qilinayotgan paytda takliflarini yozma yoki ogʻzaki tarzda kiritishi mumkin.
Matn manbasi
O'zbekiston Respublikasi qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi (lex.uz). lex.uz dagi asl nusxa: lex.uz/docs/-139553
Matn lex.uz dan avtomatik olingan va mazmunan u bilan bir xil: bu alohida tahrir emas, o'sha matnning o'zi. U ta'lim va ma'lumot maqsadida keltirilgan, normalar mazmuni o'zgartirilmaydi. Bu rasmiy nashr emas: sud, shartnoma va rasmiy javoblar uchun lex.uz dagi amaldagi tahrirni tekshiring. Loyiha haqida
Sayt haqida: NEOLEX (veoskill) — O'zbekiston Respublikasi huquqi bo'yicha ta'lim loyihasi. U lex.uz o'rnini bosmaydi, o'sha matnlarga har bir modda uchun alohida manzil, oddiy so'zlar bilan izohlar, atamalar lug'ati, testlar va uch tilda o'qishni qo'shadi. Aloqa: Telegram @neovixar.
Quyidagicha iqtibos keltiring: 24-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining mandat komissiyasi va qoʻmitalari toʻgʻrisida (302-XII-son). neolex.uz/uz/laws/law-139551/24 (lex.uz/docs/-139553)