21-modda.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining mandat komissiyasi va qoʻmitalari toʻgʻrisida (302-XII-son) · Sana: 14.06.1991 · Amalda
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Mandat komissiyasi va qoʻmitalari oʻzlari qarab chiqayotgan masalalarni tayyorlash hamda puxta ishlab chiqish uchun oʻz ishlariga komissiya va qoʻmitalar tarkibiga kirmagan Oʻzbekiston Respublikasi xalq deputatlarini jalb etishga, ishchi guruhlari tuzishga haqlidirlar. Ishchi guruhlariga Oʻzbekiston Respublikasi xalq deputatlari bilan birga vazirliklarning, davlat qoʻmitalarining, idoralarning, boshqa davlat va jamoat idoralari va tashkilotlarining, ilmiy muassasalarning vakillari, olimlar, mutaxassislar kirishi mumkin. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Mandat komissiyasi, qoʻmitalari qoʻshma ishchi guruhlari tuzishlari mumkin. Ishchi guruhlari tarkibida ishlash davrida mutaxassislar va olimlarning asosiy ish joylaridagi oʻrtacha ish haqlari Oʻzbekiston Respublikasi Qonunlariga muvofiq saqlanib qoladi.
